Adnan Yanuzay alban tekanali KTVga o’zining birinchi televizionintervyusini berdi, intervyu jarayonida u «Manchester Yunayted»da baxtli ekanligidanva bundan keyin ham jamoa uchun ishlashda davom etishini aytib o’tgan.
«Xozir hammasiyaxshi ketmoqda. Boshida men «Yunayted» uchun o’ynashni xohlardim va men bu imkoniyatgaega bo’ldim. Men oxirgi o’yinda ikkita gol ura olganimdan xursandman. Yigitlar bungajuda yaxshi munosabatda bo’lishdi, shuning uchun ham «dubl»ga erishganimdan judaxursandman. Men mashg’ulotlarda qattiq mexnat qildim va murabbiyimiz menga imkonberdi».
«Umid qilamankibu mavsum muvaffaqiyatli bo’ladi. Men «Manchester Yunayted»ga borimni berishni xohlaymanva dunyoning eng kuchli futbolchisi bo’lishni orzu qilaman. Van Persi, Patris Evrava barcha o’yinchilar yordam berishyapti va meni qo’llab quvvatlashyapti».
«Men Rayan Giggzdanjuda ham ko’p o’rganyapman, chunki biz bir xil pozitsiyada o’ynaymiz va men hardoim undan maslahat so’rab turaman. Shuningdek menda ser Aleks bilan ham yaxshimunosabatlar bor edi va u menga birinchi jamoaga o’tishimga imkon bergan».
«Men ikkitagol urganimdan baxtliman va o’yinning eng yaxshi o’yinchisi bo’lganimdan ham judaxursandman va endi keyingi o’yinda ham o’ynay olamanmi yo’qmi kutaman. Men «Yunayted»uchun o’ynayman va «Yunayted»ga borimni beraman».
«Men Kosovolikmuhlislardan meni qo’llab quvvatlashayotgani uchun minnatdorman. Biz otam bilanbuyerga oilamiz bilan ko’rishish uchun keldik, men har doim Kosovo bilan aloqadabo’lib turaman. Biz otam bilan birga qaysi termada o’ynashni muxokama qilib turamiz,lekin men xozir faqat «Yunayted» xaqida o’ylamoqdaman».
«Men bor kuchim bilan mexnat qilmoqdaman va jamoa bilanbirgalikda muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Mening o’ylashimcha bu mavsumda sovrinyutishga kuchimiz etadi»
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.