«Bu pastkashlik! Biz hali biror marta Belgiya futbol Federatsiyasining xat, xabarlariga ham, qo‘ng‘iroqlariga ham javob berganimiz yo‘q. Ular Yanuzay termada o‘ynashishi istashyapti, biz emas», dedi katta Yanuzay.
Avvalroq Vilmots Adnanning Bellgiya termasida o‘ynash-o‘ynamasligi haqidagi savolga hyech kim bilan, hyech qanday muzokara olib bormayotgani va umuman bu futbolchini tanimasligini taʼkidlagandi.
«Men hyech qanday muzokaralar olib borayotganim yo‘q. Yigitcha Belgiyada tug‘ilgan ekanmi? Jamoada o‘ynamoqchimi? Yana qanaqa muammo va taklif bo‘lishi mumkin?!»
«Real hayotda haqiqatdan ham shunday bolakay bormi? O‘ynagisi kelyaptimi? Ajoyib! Menga uni ko‘rsating».
Agar sen «Manchester Yunayted»da o‘ynasang ham, avval nimalarga qodir ekaningni ko‘rsat. Agar menga kerak bo‘lib qolsang chaqiraman. Hozir esa, Yanuzayi bilan ham, boshqachi bilan ham qiziqayotganim yo‘q», degan edi Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.