Янгиликлар /

«MYu» Karrik bilan yangi shartnoma imzolaydi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Maykl Kerrik bilan yaqin kunlar ichida yangi shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Mankunianliklar 32 yoshli futbolchi bilan 2+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashni ko‘zlamoqdalar.

Karrikning ayni vaqtdagi shartnomasi yozga qadar davom etishi ko‘zda tutilgan. Futbolchi yangi shartnoma imzolab, faoliyatini «MYu»da yakunlashga qarshi emas. U mankunianliklar safida haftasiga 85 ming funt maosh oladi.

Eslatib o‘tamiz, mavsum yakuniga yetgach Rio Ferdinand, Patris Evra va Nemanya Vidich, Rayan Giggzlarning shartnomalari o‘z nihoyasiga yetadi.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.