Янгиликлар /

Runi: 4-5 to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi «Real Sosedad»ga (1:0) qarshi Chempionlar Ligasi 3-tur uchrashuvidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bu uchrashuvda uch, to‘rt yoki besh to‘p farqi bilan g‘alaba qozonishimiz mumkin edi. Chempionatda durang natija qayd etganimizga qaramay bu uchrashuvda g‘alaba qozona olganimizdan mamnunman.
Jamoa yaxshi o‘yin namoyish qildi, yaxshi himoyalana oldi. Xar doim «quruq» uchrashuv o‘tkazish yoqimli, lekin bu uchrashuvda g‘alaba yanada yoqimliroq bo‘ldi.
Tezkor gol kiritishga muvofiq bo‘ldik, tanaffusga qadar hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘yishimiz ham mumkin edi, shunda bizga ancha oson bo‘lgan bo‘lar edi. Ikkinchi bo‘limda esa biroz sekinroq harakat qildik» dedi Runi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.