Янгиликлар /

Felan: Biz yulduz futbolchi bilan shartnoma imzolamoqchi edik

Мақола нашр қилинди

«MYu»ning sobiq ustozi ser Aleks Fergyusonga bir necha yillar yordamchilik qilgan Mayk Felanning taʼkidlashicha, Ser hozir jamoada bo‘lganida birorta jahon darajasidagi yulzuzni Manchesterga olib kelgan bo‘lardi.

«Agar Fergyuson va Devid Gill (sobiq jamoa prezidenti) jamoada bo‘lishganida ular birorta jahon darajasidagi yulduzni «Yuneyted»ga olib kelishardi. Bu qaysi futbolchi ekanini sizga ayta olmayman.

Fergyuson bu haqda Gillga aytgan edi va o‘z navbatida prezident ham tranferni amalga oshirishga kirishgandi. Shuni aytishim mumkinki, bunday futbolchilar jahon futbolida barmoq bilan sanoqli. Kim haqida gap ketayotganini sezgandirsiz.

Biz ser bilan jamoani tubdan o‘zgartirish shart emasligini maslahatlashgan edik. Shuning uchun faqat mana shu transfer haqida o‘yladik. Birgina transfer jamoani butunlay o‘zgartirishi mumkin. Buni Robin van Persi misolida ham ko‘rish mumkin»,- deydi Felan.

Xabaringiz bor, o‘tgan mavsumda «MYu» Garet Beyl, Krishtianu Ronaldu va Sesk Fabregaslarni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan edi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.