«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi Devid Moyes bilan birga ishlash unga yoqishini aytib o‘tdi.
«Jamoada murabbiylar shtabi almashganidan so‘ng, jamoada butunlay yangi hayot boshlandi. Men haqiqatdan ham Devid Moyes bilan hamkorlikda ishlashdan rohat olyapman».
«Faoliyatimning yuqori cho‘qqisida ekanimni his qilib turibman. Jamoaga foydang tegayotganini seziyu turish va futboldan shunchaki rohat olish — juda yoqimli».
«Bilmadim, nimaga asoslanib Fergyuson mening Moyes bilan munosabatlarim yaxshi emasligini aytgan. Axir men ser Aleks bilan u ishdan bo‘shaganidan buyon ko‘rishganim yo‘q», dedi Runi.
Янгиликлар /
Runi: Moyes bilan hamkorlikda ishlashdan rohat olyapman
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.