Darren Fletcherasosiy tarkibga qaytish uchun yana bir qadam tashladi, u dushanba kuni kechquruno’rinbosarlar tarkibida «Fulxem»ga qarshi maydonga tushdi.
29 yoshli shotlandiyalikfutbolchi bu mavsumda birinchi bor rasmiy o’yinda qatnashdi. U oxirgi marta2012 yil dekabr oyining oxirlarida «Nyukasl»ga qarshi o’yinda zaxiradan maydongatushgandi.
«Men anchadanberi o’ynamayotgan edim, shuning uchun bugun kechasi vazifamga qaytganim yaxshibo’ldi», — deydi Fletcher jamoa telekanaliga bergan intervyusida. «Men bir nechahaftadan beri mashq qilayotgandim va menga yaxshi imkoniyatlar yaratib berishdi,keyingi harakatim esa o’yin o’tkazish edi».
«Biz bir taymo’ynashni, keyin esa o’z holatimni baholash kerakligini rejalashtirgandik. Agarhammasi joyida bo’lsa men 60 daqiqagacha o’ynashim va maydonni tark etishim kerakedi. Hattoki ozgina ko’p ham o’ynadim, biz shifokarlarimizning rejalarini buzishnixohlamagan edik».
«Bizning shifokorlarimizo’z vazifalarini juda yaxshi bajarishmoqda, men shaxsan Stiv MakNolliga minnatdorchilikbildirishni xohlayman. U men bilan juda yaxshi ishladi va har bir a’zoyim xolatidanxabardor bo’lib bordi va jamoaning ham qo’llab quvvatlashi shunchaki fantastika!Meni barcha qo’llab quvvatladi, ser Aleksdan boshlab, Devid Gil ham, yangi murabbiyimizham. Bundan boshqasini xohlab bo’lmasdi».
«Albatta, mengaoson bo’lmagan paytda har doim yonimda bo’lgan ajoyib oilam borligidan xursandman.Men allaqachon taslim bo’lib bo’lgan paytimda ular meni qo’llab quvvatlashdi, o’zimkoniyatlarimni saqlab qolishimga va oldinga qarab intilishimga yordam berishdiva o’z sog’ligimni tiklab olgunimcha ko’maklashishdi».
Darren Fletcherningkeyingi maqsadi esa Uorren Joysning o’rinbosarlari jamoasida to’liq o’yin o’tkazish.
«Men shunchaki jamoaga qancha kerak bo’lsa shuncha yordamberishni va bor kuchim bilan ishlashni xohlayman. Murabbiyimizning rejalariga kirishniva yana asosiy tarkibda tushishni istayman, lekin meni qaytishim qarorini DevidMoyes qabul qiladi. Xozir men o’rinbosarlar jamoasida yana bir qancha o’yinlardaishtirok etishni va 90 daqiqa harakat qilishni xohlayman. Agar men imkoniyatga egabo’lsam bundan to’liq foydalanish uchun tayyor bo’lishim lozim»
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.