Янгиликлар /

Ser Aleks: Men kitobni matbuot uchun emas, muxlislarga atab yozdim

Мақола нашр қилинди

«MYu» sobiq bosh murabbiyi Aleks Fergyuson yaqinda chiqargan kitobi borasida qilingan tanqidlarga javob berib o‘tdi.

«Men bu kitobni matbuot uchun emas, balki muxlislarga atab yozdim. Ular nima sababdan baʼzi qarorlarni qabul qilganimni tushunishlarini istadim. «MYu»da ishlash qanchalar og‘ir ekanini bilsinlar dedim. Bu dunyodagi eng og‘ir mehnatdir.

Futbolchilar bilan kelishmovchilikka keladigan bo‘lsak, 27 yillik ishim davomida 6 martagina shunday bo‘lgan va bu hayratga soladi.

Albatta jamoa manfaati yo‘lida qaror qabul qilish kerak va natijada futbolchilar uchun yaxshi bo‘lmay qolasan. Bu holat oxirgi haftalarda ko‘rinib qoldi. Ammo mening ishimning bir qismiga jamoa anʼanalarini saqlash, intizomni ushlab turish va futbolchilar murabbiyni hurmat qilishlariga erishish ham kiradi. Chunki boshqa biror kimsa emas, balki men murabbiyman», — deydi Fergyuson
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.