Янгиликлар /

Chicharito: De Xea ajoyib darvozabon

Мақола нашр қилинди

Xaver Ernandes o‘z jamoadoshi David De Xea o‘yinlarini«MYu» ning sobiq darvozabonni Edvin van der Sarga o‘xshatganini va 22 yoshli ispan darvozabonni jahonning eng yaxshi darvozabonlardan biri ekanligini taʼkidladi. De Xeaning «Stok Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvda amalga oshirgan seyvlari maqtovga loyiqligini aytib o‘tdi.

«U ajoyib darvozabon, — Chicharitoning so‘zidan iqtibos keltirdi jamoa rasmiy sayti. – Men xar doim taʼkidlab kelaman, biz bir jamoamiz va yagona qaxramon yo‘q bizda, ammo baʼzi uchrashuvlarda bunday o‘yinchilar bo‘ladi. «Stok Siti» jamoasiga qarshi uchrashuvdagi harakatlari uchun David shunday nomga loyiq».

«U benazir, men uchun u dunyoda eng kuchli. David va Edvin van der Sar – ikki eng kuchli darvozabonlar, men ular bilan birga shug‘ulanganman va bir jamoa safida maydonga tushganman. Ularning o‘yin uslublari o‘hshash, Davidkundan kunga yanada yahshi o‘yin ko‘rsatmoqda».

«Boss aytib o‘tkanidek, De Xea o‘tgan o‘yinda g‘alabaga erishishimizning asosiy sababchisi, David sababli biz 3 ochkoga ega bo‘ldik. U 2-3 ta ajoyib seyvlarni amalga oshirdi!»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.