«Manchester Yunayted» jamoasi Ueyn Runi bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortdi va futbolchi 2015 yilning yozida erkin agentga aylanishi mumkin.
Xabar qilinishicha, Angliya terma jamoasi hujumchisi maoshi oshirilishini talab qilgan. Shunday ham uning haftalik maoshi 250 ming funtni tashkil qilardi. Buning ustida hujumchi 5 yillik shartnoma imzolashni istagan.
Garchi Runi ajoyib o‘yin namoyish qilayotgan bo‘lsada, mankunianliklar 28 yoshli hujumchining bu talablarini rad etishga qaror qilgan. Shu bilan birga qishki transfer mavsumida ham «MYu» Runi bilan yangi shartnoma imzolashni istamayapti. Eslatib o‘tamiz, yozda Runini «Chelsi» va «PSJ» sotib olishga urinib ko‘rgandi. U joriy mavsumda Angliya chempionatining 8 uchrashuvida maydonga tushgan va 4 ta gol kiritib, 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan
Янгиликлар /
Runi 2015 yilda erkin agentga aylanishi mumkin
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.