Янгиликлар /

Xyuz: Moyes «MYu» da uzoq vaqt ishlaydi

Мақола нашр қилинди

«Stok Siti» bosh murabbiyi Mark Xyux «Manchester Yunayted»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng mankunianliklar bosh murabbiyi Devid Moyes borasida iliq fikrlar bildirib o‘tdi.

«Unda qancha vaqt bo‘ldi? Bor yo‘g‘i 9 ta o‘yin. Devid Moyes «MYu»da uzoq yillar murabbiylik qiladi. Buning uchun unga yetarlicha vaqt berishadi.

Devidning qo‘l ostida shunday futbolchilar borki, ular hali mavsum davomida uning uchun ko‘p sovrinlar yutib beradilar. Garchi mavsum ancha qiyin boshlangan bo‘lsa ham», — deydi Xyuz.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» o‘tkazilgan 9 tur uchrashuvlaridan so‘ng 14 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 8 o‘rinda bormoqda
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.