Янгиликлар /

Moyes: Zaxaga imkon beramiz

Мақола нашр қилинди

Devid Moyes Liga Kubogi doirasidagi «Norvich» jamoasiga qarshi kechadigan uchrashuvda Uilfrid Zaxani asosiy tarkibda maydonga tushirishi mumkinligini taʼkidlab o‘tdi.

Zaxa ser Aleksa Fergyuson murabbiyiligi vaqtida xarid qilingan so‘ng o‘yinchi bo‘lib, ushbu mavsumda u hali Premer Liga uchrashuvlarida maydonga tushmadi. U so‘ngi bor «qizil iblislar» tarkibida «Uigan» ga qarshi o‘tgan Superkubok uchrashuvida maydonda harakat qilgan edi.

«Zaxaga albatta asosiy tarkibda o‘ynashga imkon beramiz. Men Zaxaga maydondan joy topilmasa uni qishgi transferlar oynasida boshqa jamoalarga ijara asosida berishmiz mumkinligi haqida gapirgan edim».

«Tarkibimizda qanotlarda harakat qilayotgan futbolchilar orasida raqobat juda ham kuchli tarzda ketmoqda: Nani, Yang, Valensiya, Yanuzay va Kagavalar bor.

Zaxa mashg‘ulotlarda yahshi ishlamayotgani uchun emas, balki kuchli raqobat sabablimaydonga tusha olmayapti. Men hali ham unga avvalgidek ishonaman» dedi Moyes.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.