Ser Aleks Fergyusonsportdagi uzoq yillik mehnatlari uchun VVSning har yilgi «Jahon sportida yil odamlari»sovrinini oladi. Bu haqda Daily Mail xabar tarqatgan. Sovrinni topshirish marosimi15 dekabr kuni Lidsda bo’lib o’tadi.
Xabaringiz bo’lsa,avvalroq — 2004 yilda Fergyuson VVSga boykot e’lon qilgan. Bunga Fergyuson o’g’liningagentlik faoliyatiga bag’ishlangan bahsli hujjatli filmi sabab bo’lgandi. Shundanso’ng 7 yil davomida ser ushbu kompaniya jurnalistlari bilan suhbatlashishdan ko’rabuning uchun jarima to’lashni afzal bilib keldi. Tomonlar 2011 yilda yarashishdiva bu yilgi yuqorida nomi keltirilgan sovrinning topshirilishi o’rtadagi kelishmovchiliklarningbutkul barham topishiga sabab bo’ladi.
Fergyuson busovrinni ikki marta olgan birinchi shaxsga aylanadi. Bungacha u 2001 yilda ham ushbumukofot sohibi bo’lgan.
Futbolda Fergyusondan tashqari, VVS sovriniga Jorj Best,Pele, ser Bobbi Robson, ser Bobbi Charlton va Devid Bekxemlar sazovor bo’lganlar
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.