«Manchester Yunayted» klubi darvozaboni Anders Lindegor jamoani tark etishi mumkin.
Goal.com nashri bergan xabarlarga ko‘ra, Italiyaning bir nechta klublari «MYu» bilan daniyalik posbonning transferi borasida bog‘lanishgan, biroq hozircha rasmiy taklif bo‘lganicha yo‘q.
«Yunayted» 29 yoshli darvozabonini 4-5 million funt evaziga sotib yuborishga tayyor.Eslatib o‘tamiz, Lindegor so‘nggi bora premer-liga doirasida o‘z jamoasi darvozasini o‘tgan yilning dekabr oyida qo‘riqlagan
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.