Янгиликлар /

Van Persi terma jamoa yig`inlariga bormaydi

Мақола нашр қилинди

«MYu» hujumchisi Robin van Persi Gollandiya terma jamoasining Yaponiya va Koloumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.

Sky Sports nashrining xabar berishicha, futbolchi Angliya chempionatidagi tanaffusdan foydalanib, oyog‘ining barmog‘idagi jarohatini davolatmoqchi.

Taʼkidlash joizki, futbolchi o‘tgan turdagi «Arsenal»ga qarshi o‘yinda og‘riq qoldiruvchi preparatlar yordamida maydonga tushgan.
Joriy mavsumda van Persi premer liga doirasidagi 10ta uchrashuvda maydonga tushgan va 7ta golga mualliflik qilgan
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.