«Manchester Yunayted» rasmiylari jamoa yarim himoyachisi Maykl Karrikni jarohat olganini rasman tasdiqlashdi.
Maʼlumotga ko‘ra futbolchi safga qaytishi uchun 3-6 hafta kerak bo‘lar ekan. Uni oyog‘ining to‘piq qismidagi og‘riq bezovta qilgan.
32 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda jamoaning o‘tkazgan 18 uchrashuvning 15 tasida maydonga tushishga ulgirgan. U dekabr oylarida safga qaytishi kutilmoqda.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.