Янгиликлар /

Karrik yangi shartnoma imzoladi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail xabariga ko‘ra jamoa Maykl Karrik bilan yangi shartnoma imzoladi, unga ko‘ra futbolchi «Old Trafford»da yana 2,5 yil faoliyat olib boradi.

Xabarda aytilishicha futbolchi bilan bir necha hafta muzokara olib borilgan va natija ijobiy yakun topgan. Bu xaqida 32 yoshli futbolchi hafta yakunida xabar berishi kutilmoqda.

Futbolchi bir necha oy avval jurnalistlarga bergan intervyusida faoliyatini «Yunayted» da yakunlamoqchi ekanligini bildirgan edi.

Maykl Karrik: «Men «Yunayted» da o‘ynashni davom ettirmoqchiman. Bu fantastik jamoa, men bu yerda faoliyatimning asosiy davrini o‘tkazmoqdaman. Xozirgi vaqtda men o‘zimni yaxshi xis qilmoqdaman. 32 yosh bo‘lishimga qaramay yana bir necha mavsum jamoada to‘p surmoqchiman»
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.