Янгиликлар /

«MYu» murabbiylar shtabini kuchaytirmoqchi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes o‘zining murabbiylar shtabini kuchaytirishda davom etmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Moyes premer-liganing «elita» futbolchilari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Jon Mertoni «Old Trafford»ga o‘tishiga ko‘ndirgan.

Moyes Merto bilan «Everton»dagi faoliyatidan juda yaxshi tanish, o‘sha vaqtlarda Jon jamoa akademiyasini boshqargan edi. Biroq yangi mutaxassisning kelishi ayni damda Angliya chempionlari akademiyasini yugrazayotgan Brayan MakKlerning faoliyatiga to‘sqinlik qilmaydi.

Klub skautlari tarkibini yana bir inson to‘ldiradi – Moyes bilan avvaldan «Everton»da ishlagan, «Chelsi»ning yevropa bo‘ylab skautlari boshlig‘i, Mik Dogerti.

Moyes butun dunyo bo‘ylab yaxshi aloqaga ega bo‘lgan ishonchli jamoa qurmoqchi, bu yo‘l orqali u transfer bozoridagi bo‘lajak muvaffaqiyatlarga tamal toshi qo‘ymoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.