Янгиликлар /

Moyes: Yang ko‘p narsaga qodir

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes Angliya liga Kubogida «Stok Siti» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin jamoa yarim himoyachisi Eshli Yangni olqishladi.

«Bir necha marta uning oyog‘iga tepishdi. Biroq, Eshli turib o‘ynashda davom etdi. Yang shuningdek darvozani ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi. U mashg‘ulotlarda ajoyib tarzda harakat qiladi va keyingi paytlarda gol urishga umid qilayotgan edi.
Bizda qanotlarda foydalanishimiz mumkin bo‘lgan ko‘plab futbolchilar mavjud. Agar sen doimo asosiy tarkibdan joy olishni hohlasang, unda tez-tez gol urib turishing va yaxshi o‘yin namoyish qilishing kerak. Yang o‘zining bugungi muvaffaqiyatli o‘yinini davom ettirishi kerak».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.