Янгиликлар /

Evra: Bu haqiqatan qiyin o‘yin bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Patris Evra Angliya liga Kubogining kecha bo‘lib o‘tgan 1/4 finalidagi «Stok Siti» bilan o‘yin (2:0) bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, o‘yin natijasiga ko‘ra mankunianliklar musobaqaning yarim finaliga chiqishdi. O‘yin esa haddan tashqari sovuq va izg‘irin ob-havo sababli vaqtinchalik to‘htatib qo‘yildi.

«Hech qachon bunday ob-havoda o‘ynamagan edim. Bu haqiqatan qiyin o‘yin bo‘ldi va «MYu» o‘yinchilari jangchilardek harakat qilishdi. Stokdagi o‘yin bu jang. 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, gol o‘tkazib yubormaslik -bu bizga o‘z ishimizdan qoniqishimiz kerakligini anglatadi. Biroq, biz bu bilan to‘htab qolmaymiz.

O‘yin vaqtidagi sovuq haqida? Birinchi bo‘lim vaqtida maydon maysalari butunlay muzlab qolgan edi. Biz tanaffuzdan keyin maydonga qaytganimizda esa maydon to‘shamalar bilan yopib qo‘yilganini ko‘rdik. Murabbiy g‘alaba qozonishimizni hohlagan va shunga umid qilgan edi. Ikkinchi bo‘lim davomida yomg‘ir to‘htadi va biz yaxshi o‘ynay boshladik. Muhimi, «MYu» yakunda g‘alaba qozondi», –deydi Evra.

Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.