Янгиликлар /

Ferdinand faoliyatini yakunlamoqchi

Мақола нашр қилинди

The Daily Mail nashrining xabar berishicha Rio Ferdinand mavsum so‘ngida futbolchilik faoliyatini yakunlab, televediniyada o‘z faoliyatini davom ettirmoqchi.

O‘tgan oyda 35 yoshli «Yunayted»himoyachisi JCh – 2014 paytida BBC telekanalida ekspert bo‘lib ishlash to‘g‘risida shartnoma imzolagan edi. Undan avval esa Ferdinand BT Sportskanalidan ekspert bo‘lish bo‘yicha taklif olgan.

BT Sports kanali 2013 yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib xozirda Jahonning ko‘plab futbol uchrashuvlarini translyasiya qilish xuquqiga ega. Angliya, Germaniya, Italiya, Fransiya, Rossiya, Braziliya, Gollandiya va Shotlandiya. Shuningdek telekanal Chempionlar ligasi, yevropa Ligasiva Angliya kubogi uchrashuvlarini ham translyasiya qiladi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.