Янгиликлар /

Ribeyro: Men «MYu»ni tanlagan bo‘lar edim

Мақола нашр қилинди

«Kruzeyro» jamoasi yarim himoyachisi va Braziliya chempionatining ushbu mavsumdagi eng yahshi o‘yinchisi Everton Ribeyro agarda «Manchester Yunayted» hamda Madridning «Real» jamoasidan taklif kelib tushadigan bo‘lsa, angliyaliklarni tanlagan bo‘lishini aytdi.

Ribeyro Globoesporte ga bergan intervyusi chog‘ida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tgan:

«Ha, men «Yunayted»ni tanlagan bo‘lar edim. Bu jamoa strukturasi Jahondagi eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. Ularning mashg‘ulot maydonlarining o‘zida beshta maydon borligi meni hayratga soldi. Men ser Aleks Fergyusonning maʼruzalariga qatnaganman, bu ham menga o‘z kuchini o‘tkazmasdan qolmadi».

Braziliya va britaniya OAVlarining xabariga ko‘ra Ribeyro Devid Moyesning qishgi transferlar oynasidagi dastlabki haridi bo‘lishi mumkin
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.