«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Denni Uelbekning «Xall Siti»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishiga umid qilmoqda.
«O‘yindan keyin Uelbekka nima bo‘lganini aniqlay olganim yo‘q. Bir necha hafta ilgari uning tizzasida og‘riq paydo bo‘lgandi, ammo maʼlum bo‘lishicha u tizzasiga zarba qabul qilib olgan.Zarba kuchli bo‘lishiga qaramay, Denni mashg‘ulotlarda faol qatnashmoqda, umid qilamizki hammasi yaxshi bo‘ladi», — deydi Moyes
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.