Янгиликлар /

Robin van Persi mashg‘ulotlarga kirishdi

Мақола нашр қилинди

30 yoshli «Manchester Yunayted» jamoai va Gollandiya termasi hujumchisi Robin van Persi mashg‘ulotlarga kirishdi, deya xabar beradi goal.com.

Golland futbolchisi 11 dekabr kungi «Shaxtyor»ga qarshi CHL bahsida jarohat olgan edi va o‘shandan beri u Premer-liganing 5 ta o‘yinini o‘tkazib yubordi.

Hozirda Robin asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshlab yuborgan va «Tottenxem»ga qarshi 1 yanvar kungi uchrashuvda uni maydonga tushishi kutilmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.