Янгиликлар /

Mourino: Men bu haqida gapirishni istamayman

Мақола нашр қилинди

«Chelsi» boshmurabbiyi Joze Mourino «Manchester Yunayted» hujumchisi Runining transferi haqidagisavolga javobni mankunianliklardan so’rash kerakligini ta’kidlab o’tdi.

«Men bu haqidagapirishni istamayman. Bir necha kundan so’ng «MYu» bilan o’ynaymiz va raqib futbolchisihaqida fikr bildirishim noto’g’ri bo’ladi deb o’ylayman.

Bu haqida yaxshisiRunidan so’raganingiz ma’qul. Bunday holatlar haqida yo futbolchining o’zidan vayoki uning klubidan so’rash lozim. Chunki Runining «MYu» bilan imzolagan shartnomasibor va bu shartnoma mavsum oxirida yakuniga etmaydi», — deydi Mourino.

Eslatib o’tamiz, Runining «MYu» bilan 2015 yilning yozigaqadar davom etadigan shartnomasi bor. Hujumchi joriy mavsumda 17 uchrashuvda 9 tagol kiritib, 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.