Янгиликлар /

Moyes: Barchasini to’g’ri bajarmoqdamiz

Мақола нашр қилинди

«ManchesterYunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes uch bora ketma ket mag’lubiyatga uchraganigaqaramay, o’z ishini to’g’ri bajarayotganini ta’kidlab o’tdi.

«Biz olib borayotganishimizni davom ettirmog’imiz lozim. Agarda biror narsani o’zgartirgudek bo’lsak,bu holat o’z ishimizni noto’g’ri qilganimizni bildiradi. Ammo biz barchasini to’g’ribajarmoqdamiz.

Mag’lubiyatlar- murabbiyning ishining bir qismi. Hali hech qachon mag’lub bo’lmagan murabbiynibilmayman. Har bir inson o’z faoliyatining omadsiz qismini boshidan o’tkazadi.

Umuman olgandafutbolchilar yomon o’ynamayaptilar. Biz shunchaki yaxshiroq ishlashimiz va vaziyatlardanfoydalanishimiz lozim. Ammo biz yaxshi o’ynamoqdamiz. Shunchaki ba’zi vaziyatlarbizning foydamizga yakunlanmadi. Ammo takrorlayman, biz yaxshi o’ynamoqdamiz.

Bizning statistik ko’rsatkichlarimiz juda yaxshi. Ammofutbolda eng muhimi — gollar. Afsuski shu masalada bizda oxirgi vaqtlarda muammobor», — deydi murabbiy.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.