Янгиликлар /

«Manchester Yunayted» uchun beshta taklif

Мақола нашр қилинди

Rossiyaning «SE» nashri barcha musobaqalarda qiynalayotgan «ManchesterYunayted»ga yanvar oyidagi transfer bozorida xarid qilish uchun beshta futbolchinitaklif qilmoqda.

Ander ERRERA (24 yosh, yarim himoyachi, «Atletik»)

Taxminiy transfer narxi – 30 million funt.

Qobiliyatlibaskni «MYu» avgust oyidayoq sotib olmoqchi bo’lgandi, ammo barchasi hal bo’lganbir vaqtda transfer oynasining so’nggi kunida barchasi barbod bo’lgandi. Errera2012 yil mart oyida «Atletik» safida «Yunayted»ni Evropa ligasidan chiqarib yuborgandanazarga tushgandi.

Devid Moyesjamoasiga ayni paytda yaxshi yarim himoyachi juda zarur. Maykl Kerrik 32 yoshgato’ldi, yaqindagina jarohatini tuzatgan futbolchi barchasini bir o’zi qila olmaydi.Tom Kleverli o’z imkoniyatlaridan past darajada o’ynamoqda. Fil Jons himoyada ko’proqkerak. Andersonning klubda ekanini ko’pchilik yodidan chiqarib ham yubordi. Og’irkasallikdan tuzalgan Darren Fletcherdan mo’jiza kutish g’alati. Shu bois «MYu» bosslariyozni kutib o’tirmay Errerani hozirni o’zida sotib olishsa yaxshi bo’larmidi?

Yann M’VILA (23 yosh, yarim himoyachi, «Rubin»)

Taxminiy transfer narxi – 10 million funt.

Agar Erreranisotib olishni imkoni bo’lmasa barchaga tanish frantsiyalik futbolchi «Yunayted»gaas qotishi mumkin. Ha, M’Vila familiyasi «Liverpul» bilan bog’lanayotgandi, u hattodekabr oyi boshida «Everton»ga qarshi derbiga ham kelgandi, ammo nima uchun urinibko’rmaslik kerak?

To’g’ri bu futbolchiu qadar mashxur emas, bu yil uni jarohatlar ham qiynab qo’ymoqda. Ammo M’Vilaningqobiliyatli ekaniga shubha yo’q. U o’zining imkoniyatlari bilan jahonning eng kuchlitayanch yarim himoyachilaridan biriga aylana oladi. Frantsiyalik futbolchi qiyindamlarni boshdan kechirayotgan «Rubin»da qolishni istamasa kerak.

Ivan RAKITICh (25 yosh, yarim himoyachi, «Sevilya»)

Taxminiy transfer narxi – 12 million funt.

«MYu»da muammolarfaqat markazda emas hujumlarni tashkil etishda ham bor. O’z vaqtida Aleks Fergyusonbuni tushunib «Inter»dan Uesli Snayderni sotib olmoqchi bo’lgandi. Ueyn Runi birvaqtning o’zida yarim himoyada ham, hujumda ham o’ynay olmaydi. «Yunayted»ning so’nggivaqtlardagi barcha hujumlari bir xil chiqmoqda: Antonio Valensii qanotdan to’pnijarima maydoniga uzatadi, u erda esa kimdir to’p kiritishga urinadi.

Rakitich esa«Yunayted»ning o’yiniga o’zgacha ruh va nostandart harakatlar qo’shishi mumkin.Xorvatiyalik futbolchini «Sevilya»da sevishadi, ammo uning saviyasi Andalusiya klubidano’sib ketib bo’ldi.

Muhammad SALOH (21 yosh, hujumchi, «Bazel»)

Taxminiy narx – 15 million funt.

«MYu» hujumniham kuchaytirib olsa yomon bo’lmasdi. Robin van Persi davolanmoqda, yozda klubdanketishi ham mumkin. Runi, esa yuqorida yozilganidek barchasiga ulgura olmaydi. DenniUelbek va Xaver Ernandes bilan mavsumni o’tkazib bo’lmaydi.

Shu bois nimauchun Salohga e’tibor qaratmaslik kerak? Misrlik futbolchi o’tgan mavsumda EvropaLigasi doirasidagi «Tottenxem» va «Chelsi»ga qarshi o’yinlarda o’zini yorqin namoyisheta olgandi, uni ko’pchilik o’tgan yozdayoq Angliyada kutgandi. Ammo futbolchi «Bazel»daqoldi va bu safar Chempionlar ligasida o’zini ko’rsata oldi. Tezkor va texnikasikuchli, Saloh «MYu»ning hujumdagi o’yiniga o’zgacha yaratuvchanlik olib kelishimumkin. Ayniqsa u britan klublariga qarshi qanday o’ynashni biladi.

Esekiel GARAY (27 yosh, himoyachi, «Benfika»)

Taxminiy transfer narxi – 16,5 million funt.

Yaxshi markaziyhimoyachilar hech qachon ortiqchalik qilmaydi ayniqsa hozirgi «MYu»ga. Rio Ferdinandningfaoliyati yakunlanib bormoqda, Nemanya Vidich ham qarimoqda, Jonni Evans, Kris Smollingva Jons bilan birga uzoqqa borib bo’lmaydi. Ularga kuchli va stabil bo’lgan sherikkerak.

Xuddi Garaygao’xshagan. Argentinalik futbolchi jismoniy tomonlama kuchli, o’yinni yaxshi uqiyoladi, birinchi pasni juda yaxshi bera oladi. Albatta ba’zida u xatolarga yo’l qo’yadi,ammo yillar o’tgani sari bu o’z joyiga tushib ketishi kerak.

Garay yozdayoq«MYu»da paydo bo’lishi mumkin edi, ammo o’sha vaqtda shaxsan Moyesning o’zi bu transferdanvoz kechgandi. Bu qaror xato bo’lganga o’xshaydi. Biroq xatoni to’g’rilash uchunyanvar oyida vaqt bor.

Narzulla Saydullaev tarjimasi
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.