Янгиликлар /

Ferdinand: Ronalduga rosa qo‘ng‘iroq qildim

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» himoyachisi Rio Ferdinand «Real» hujumchisi Krishtianu Ronalduning transferini amalga oshirishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rganlarini aytib o‘tdi.
«Yozda Ronalduga rosa qo‘ng‘iroq qildim. Uning raqami telefonimda eng ko‘p terilganlardan bo‘ldi. Ammo endi uni sotib olish imkonsiz deb o‘ylayman». «Agarda Ronaldu qaytganda, o‘tgan yili yozda qaytishi lozim edi. Ammo endi uning «Real» bilan yangi shartnomasi bor. Ronalduning o‘ziga keladigan bo‘lsak, 2013 yilda u eng yaxshi futbolchi bo‘ldi. Uning gollariga bir qarang! U bir yil davomida hatto ba’zi jamoalardan ko‘ra ko‘proq gol kiritgan».«Ronaldu yana dunyoning eng kuchli futbolchisi bo‘lmoqchi. Ammo unga hamon shubha bilan qarayotgan odamlar bor. Balki bu hasadning bir ko‘rinishidir. Krishtianu esa ularning xato qilayotganlarini isbotlamoqchi», — deydi Ferdinand>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.