Янгиликлар /

Transfer yangiliklari

Мақола нашр қилинди

Transfer oynasi ochilgan kundan boshlab jamoaga bir qator yangi futbolchilar kelishi kutilmoqda.

Shulardan «Benfika» jamoasi himoyachisi Esekiel Garay hamon «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish doirasidadir.

Angliya chempioni vakillari lissabonlik jamoasi vakillari bilan 27 yoshli Argentina termasi o‘yinchining transferi borasida aloqaga chiqishdi, deya xabar beradi Sky Italia nashri.

Eslatib o‘tamiz, «MYu» markaziy himoya chizig‘iga yangi o‘yinchilar zarur, sababi, Rio Ferdinand va Nemanya Vidich, jamoani erkin agent sifatida tark etishlarining ehtimoli yuqori.

Ushbu mavsum, Garay Portugaliya chempionatining 14 uchrashuvida 2 ta gol muallifiga aylandi.

«Monako» jamoasining portugaliyalik futbolchisi Joau Moutinyu Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasiga o‘tib ketishi mumkin. Bu haqida A Bola nashri xabar tarqatgan.

Ushbu manbaning maʼlumotiga ko‘ra, bu futbolchini aynan «qizil iblis»lar bosh murabbiyi Devid Moyes Angliyaga olib kelishni istayotgan ekan.

Transfer qiymati 21,5 million funt sterling deya, baholanmoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.