Янгиликлар /

Sky: Mata borasidagi muzokara ijobiy yakunlandi

Мақола нашр қилинди

Sky Sports nashrining xabar berishicha Xuan Mata yuzasidan olib borilgan muzokaralar ijobiy yakun topgan. Britaniya telekanali eksperti Gilem Balagning maʼlumot berishicha futbolchining transferi ijobiy yakunlanganini taʼkidlagan.

««Chelsi» Matani «Yunayted»ga qo‘yib yuborishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, va ushbu oy yakuniga qadar futbolchi «Old Trafford» ga tashrif buyurishga yaqin turibdi», — deydi Balag Revista de La Liga ko‘rsatuvida bergan interyusida.

«Vaziyat ikki tomonga maqul kelgan ko‘rinadi. «Yunayted» bu orqali jamoa o‘yini sifatida o‘zgarish ro‘y berishida Mata katta yordam berishida umidvor. Fikrimcha jamoa bu orqali «Arsenal» va «Siti» jamoalariga rqaobatni yanada oshirishni maqsad qilgan».

Balagni gaplarini ko‘plab tahlilchilar ham tasdiqlaganlar, va muzokara ijobiy yakuniga yetgan deb hisoblamoqdalar.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.