Янгиликлар /

Dante «MYu»ga keladimi?

Мақола нашр қилинди

Britaniya nashrlarining xabariga ko‘ra Germaniyaning «Bavariya»jamoasi himoyachisi Dante borasida «Manchester Yunayted» qiziqish bildirgan.

«Men nimani aytishim mumkin muzokaralar borasida meni agentim shug‘ullanadi», — Dante so‘zidan Sky Sports iqtibos keltirgan.

– Men xozirda «Bavariya» da baxtliman – asosiysi o‘z vazifamni bajarishda davom etmoqchiman. «Manchester Yunayted» menga qiziqish bildirganidan xursandman, keling vaziyatni kuzataylik, hammasini vaqt ko‘rsatadi».

«Men Premer Liga o‘yinlarini kuzatib boraman, «Manchester Yunayted» jamoasida vaziyat hozir murakkab, o‘ylashimcha bu menga ham juda qiziq. DKeling 31 yanvargacha sabr qilaylik vaqt ko‘p narsaga oydinlik kiritadi».

Braziyalik 30-yoshli futbolchining agenti Markus Marin esa quyidagi fikrda.

«Hozirda xech qanday kelishuv yo‘q, — deydi Marin The Inependent nashriga bergan intervyusida. – Biz hozirda faqat «Bavariya» bilan yangi shartnoma bandlari bo‘yicha muzokaraga kirishmoqchimiz».

«Dante Germaniyada o‘zini baxtli his qilmoqda, lekin hamma narsa ro‘y berishi mumkin, balki biz boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishimiz mumkin».

«Manchester Yunayted» Dantega ikki yil avval qiziqish bildirgan edi. Biz muzokara olib borgan edik, lekin yakunda Dante «Bavariya» ni tanlagan edi. «Yunayted» — juda kuchli jamoa va juda katta jamoa, shunday ekan barchasi qiziqarli bo‘lishi aniq. Ammo shuni takrorlaymanki, hozirda biz boshqa muzokara o‘tkazganimiz yo‘q».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.