Янгиликлар /

Zaxa ijaraga beriladi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Uilfrid Zaxa tez orada jamoasini o‘zgartiradi.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra 21 yoshli futbolchi ijara asosida mavsum yakuniga qadar «Kardiff Siti» jamoasiga o‘tadi. Futbolchi shu kunlar ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun jamoaga tashrif buyuradi.

Eslatib o‘tamiz, «Qizil iblislar» murabbiyi Devid Moyes avvalroq Zaxani ijaraga berib yuborish mumkinligi to‘g‘risda xabar bergan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.