Янгиликлар /

Chicharitoga «Monako» xaridor

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» klubining 25 yoshli hujumchisi Xaver Ernandes «Monako» rahbariyatining e’tiborini o‘ziga tortmoqda. Le10Sport nashrining xabariga ko‘ra, klub meksikalik futbolchini Radamel Falkaoning o‘rniga olib kelishni rejalashtirayotgan ekan.Yaxshi bilasiz, hozirda kolumbiyalik futbolchining jiddiy jarohati bor va u ancha vaqt maydonga qaytmaydi. Shu boisdan «Monako» yaqin vaqt ichida «MYu» bilan muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda. Transfer qiymati 20 millon funt sterling deb, baholanmoqda. Eslatib o‘tamiz, bu mavsumda Ernandes 14ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urishga erishgan. Bundan tashqari, ikkita gollik uzatma ham bergan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.