«Manchester Yunayted» jamoasi sport liboslari ishlab chiqaruvchi bir qator yirik kompaniyalar, jumladan, Nike, Adidas, Warrior va Puma bilan muzokara olib bormoqda.
Ushbu kompaniyalar dunyoga mashhur jamoaning yangi texnik homiysi bo‘lishga tayyor ekanliklarini maʼlum qilishgan.
Yangi texnik homiy bilan tuziladigan shartnomaga ko‘ra, «Manchester Yunayted» yiliga 70 million funt miqdoridagi mablag‘ olish imkoniga ega bo‘ladi.
Hozircha Nike kompaniyasi yangi homiy bo‘lishga asosiy daʼvogar bo‘lib turibdi.
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.