Янгиликлар /

Runi shartnomani uzaytirish istagida

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» hujumchisi Ueyn Runi jamoa bilan shartnomasini uzaytirishga rozilik bildiradi, deb xabar qilgan TalkSport.

«Chelsi»ning futbolchiga qiziqish bildirishi mankunianliklar rahbariyatining 28 yoshli forvardga yangi kelishuv taklif qilishiga turtki bo‘ldi. Agar nashr tarqatgan xabar to‘g‘ri chisa, u holda Runi yangi shartnoma imzolanganidan keyin Angliyaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisiga aylanadi.

Norasmiy maʼlumotlarga qaraganda Runining maoshi haftasiga 300 ming funt sterlingni tashkil qilishi mumkin, shartnoma esa 2018-yilga qadar amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi hujumchisi bu yilgi mavsum APL va Chempionlar Ligasida 23 o‘yin o‘tkazgan va ularda 11 gol hamda 17 natijali uzatma muallifiga aylangan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.