Янгиликлар /

SAF: Futbolga shaxmatni tatbiq etish lozim

Мақола нашр қилинди

Garchifaoliyatini yakunlagan bo‘lsa-da, hamon fikrlashdan to‘xtamayotgan ser Aleksfutbol va shaxmat orasidagi bog‘liqlik haqida fikr bildirdi. Aniqrog‘i,futbolchiga shaxmat naqadar kerakligini ta’kidladi:

«Raqibdarvozasi yaqinida yuqori mahoratli futbolchilar nimasi bilan farq qiladi?Qaror qabul qilish malakasi bilan. Har doim shogirdlarimizga shu haqdata’kidlaymiz. Agar yana qaytadan murabbiylik qila boshlaganimda, barchafutbolchilarni shaxmat o‘ynashga majbur qilardim. Chunki bu konsentratsiyanirivojlantiradi.

Shaxmato‘ynashni endi o‘rganganingda bitta partiyani nihoyasiga yetkazishing uchunuch-to‘rt soat vaqting ketib qoladi. Payti kelib esa, bir yurishga o‘ttizsekunddan ortiq vaqt sarflamaslikni o‘rganib olasan — mana bu yuqori darajadagiko‘rsatkichdir. Yuqori bosimga qaramasdan, tezda qaror qabul qila olishdemakdir. Futbolda ham shunday bo‘lishi kerak».

Futbolancha tez o‘ynaladigan Angliyada faoliyat olib borgan murabbiyning iqrori bu.Futbol ko‘proq bosh (ya’ni, fikrlash) bilan o‘ynalishi kerakligi haqidagita’kid bu. Endi jismoniy jihatdan Angliya Prem’er-ligasida o‘ynayotganfutbolchilardan ancha orqada qolgan milliy chempionatimiz shovvozlariningmaydonda fikrlash, qaror qabul qilish borasida ulardan qancha ortdaqolishayotgani haqida o‘ylab ko‘ring.

Zamonaviy futbolda faqat jismoniy jihatdan yetukbo‘lishning o‘zi yetarli emasligini, tafakkur, qaror qabul qilish tezligi hamyuqori bo‘lishi zarurligini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Buning uchun esa,zamonamizning buyuk murabbiylaridan biri ta’kidlaganidek, futbolga shaxmatnitatbiq etish lozim.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.