Янгиликлар /

Skoulz: Og‘ir mavsum bo‘ldi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz e’tiborimiznijamoa futbolchilarining bu mavsumdagi ko‘plab jarohatlariga qaratdi.

«Bosh murabbiyjarohatlarni cheklash borasida hech qanday cheklov qo‘ya olmaydi. U qo‘l ostidabor o‘yinchilardan foydalana oladi holos.

Runi va vanPersi bu mavsumning juda katta qismida bizga yetishishmadi. Bu ikki futbolchi –jahonning eng yaxshi hujumchilaridan sanalishadi, ular safda bo‘lishmasa, har qandayjamoa ham bir necha barobar kuchsizlanadi.

«Stok» bilanuchrashuvda ular safga qaytishganda (1:2, 1 fevral. – tax.), naq to‘rtta markaziyhimoyachimiz safdan chiqdi.

Bu jarohatlarni hisobga olganda juda og‘ir mavsum bo‘ldi.Umid qilamanki, oldinda bizni faqat omadli uchrashuvlar kutmoqda va jamoamiz bundanbuyon faqat musobaqa jadvalida yuqoriga qarab intiladi», – deydi Skoulz.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.