Янгиликлар /

Evra: Men xursandman

Мақола нашр қилинди

«Yunayted» himoyachisi Patris Evra «Kristal Pelas» jamoasiga qarshi o‘tkazgan uchrashuvdan so‘ng o‘yin haqida o‘z fikrlarini bilan o‘rtoqlashdi.«Biz qo‘limizdan keladigan ishni uddalay oldik, — deya so‘zini boshladi Patris MUTV ga bergan intervyusida. – Ketma-ket omadsiz uchrashuvlardan so‘ng bu g‘alaba biz uchun muhim edi va biz ishonchli tarzda g‘alaba qozona oldik».«O‘ylashimcha, bu uchrashuvda «Manchester Yunayted» ning kuchli taraflari yaqqol ko‘rindi. «Yunayted» ishonchli tarzda va to‘liq holda to‘p nazoratini o‘z qo‘liga ola ibldi. Xursandmanki barchasi bizning yigitlar».Sky Sports ekspertlarining takidlashicha Evra bu uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Bu fikrga futbolchi quydagicha javob berdi.«Men xursandman, men uchun birinchi navbatda jamoamning g‘alabasi. Muhimi jamoam uch ochkoga egalik qildi va men shundan ma’mnunman».
«Ikkinchi gol urilgan vazyatda Ueyn ajoyib tarzda xujumni yakunlay bildi. Bu uning yangi shartnomasi uchun yahshi sovg‘a bo‘ldi. Men juda xursandman u jamoaga tayanch bo‘la olayotganidan. Yana bizni tinimsiz tarzda qo‘llab quvatlagan «Manchester Yunayted» ashaddiy muhlislariga ham raxmat».Patris shuningdek markaziy himoya juftligi Ferdinand – Vidich to‘g‘risida ham yaxshi so‘zlarni aytib o‘tdi.«Juda yaxshi, Rio va Vidich yana safda, ular juda ishonarli xarakat qilishdi. Ularning tajribasi bizga qo‘l keldi. Rioning avvalgi turda «Arsenal»ga qarshi uchrashuvdagi xarakati esa maqtovga loyiq. Vidich ham xozirda ajoyib holatdabu esa bizning foydamizga. Bu pozitsiyada shuningdek Kris Smolling, Fil Djons va Jonni Evanslar o‘ynay olishadi bu esa a’lo darajada. Bizda shunday yaxshi markaziy himoyachilar bor, bu jamoa uchun juda muhim».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.