«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Xuan Mata Chempionlar ligasi doirasida «Olimpiakos»ga qarshi kechadigan javob uchrashuvida keyingi bosqich masalasini hal qilishlariga ishonishini aytib o‘tdi.«Biz Chempionlar ligasida og‘riqli mag‘lubiyatga uchradik. Bundan tashqari, men jamoamga bu musobaqada yordam bera olmasligimdan aziyat chekdim.
Biz «Old Trafford»dagi javob o‘yinida vaziyatni o‘nglay olamiz. Ishonchim komilki, muxlislarning qo‘llab quvvatlashi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi», — deydi Mata.Eslatib o‘tamiz, Mata «Chelsi» tarkibida YEChL bahslarida maydonga tushgani sababli, «MYu»ga yordam bera olmaydi.
Янгиликлар /
Mata: Biz vaziyatni o‘nglay olamiz
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.