Янгиликлар /

Shmeyxel: Moyes «MYu» uchun eng to‘g‘ri qaror

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» jamoasi sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel yozda bir qator futbolchilar jamoadan ketishiga umid qilishini bildirib o‘tdi.
«Menimcha Devid Moyesning taklif etilishi — «MYu» uchun eng to‘g‘ri qaror bo‘ldi. Uning murabbiylik xizmat daftari to‘liq va unda bir jamoada uzoq vaqt ishlash qobiliyati bor. Moyes buni «Everton»da isbotlab bergandi. Biz esa «Yunayted»da murabbiy uzoq vaqt ishlashini istaymiz».
«Ammo bu mavsum juda og‘ir bo‘lishi turgan gap. Menimcha jamoa kuchli futbolchilarni sotib olishi lozim. Ammo shu bilan birga «MYu» yozda bir qator futbolchilardan qutulishi ham muhim ahamiyatga ega. Joriy mavsumda ko‘plab futbolchilarning o‘yinidan ko‘nglim qolib ketdi».
««MYu» futbolchisi bo‘lish ulkan mas’uliyat degani. Bu jamoada o‘ynagan futbolchi har doim kurashishi va hyech qachon taslim bo‘lmasligi lozim. Bu yilgi mavsumda esa bunday futbolchilarni ko‘rmadim».
«Menimcha Moyes kimga ishonch bildirsa bo‘ladi, kimga esa ishonmaslik lozimligini yaxshi biladi. Kelgusi yoz «Yunayted»dan ko‘plab futbolchilar ketishi lozim.», — deydi Shmeyxel.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.