Янгиликлар /

Van Persi yozda ketishi mumkin

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasida ishtirok etmaydigan bo‘lsa Van Persi ketishi mumkin.

Ushbu mavsum yakunlariga ko‘ra agar «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa hujumchi Robin van Persi boshqa klublar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega.

Goal nashrining xabar qilishicha, futbolchi hamda MYu o‘rtasida tuzilgan shartnomada alohida mana shunday band bor.

Avvlroq van Persi Devida Moyes olib borayotgan mashg‘ulotlardan qoniqmayotgani haqida ham xabarlar tarqatilgan edi.

Gollandiyalik hujumchiga «Real», «Monako», «Inter», «Yuventus» va «Arsenal» jamoalari daʼvogarlik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «MYu» APL turnir jadvalining oltinchi pog‘onasidan o‘rin egallagan.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.