Янгиликлар /

Kurzava: Mening orzuim «MYu»da o‘ynash

Мақола нашр қилинди

«Monako» jamoasining chap qanot himoyachisi Leven Kurzava so‘zlariga ko‘ra u «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surishni orzu qilmoqda.

21 yoshli fransuz futbolchisi hozirda «Monako» jamoasining eng ishongan futbolchilaridan biri hisoblanadi. Ushbu mavsumda u 26 uchrashuvda ishtirok etib 5 ta gol urishga erishgan va 3 ta golga assistentlik qilgan.

«Mening orzuim – «Manchester Yunayted» jamoasida to‘p surish, chunki man bu jamoani yahshi ko‘raman, — deydi Kurzava beIN Sports nashriga bergan intervyusida. – «O‘ylashimcha, men «qizil iblislar» tarkibiga o‘tgan kunim mening eng yoqimli kunlarimdan bir bo‘ladi».

Eslatib o‘tamiz, Devid Moyes faol tarzda 32 yoshli Patris Evraga o‘rinbosar qidirmoqda. Evraning o‘zi ham «Yunayted» safiga 2006 yili «Monako» tarkibidan kelib qo‘shilgan edi.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.