Янгиликлар /

Moyesning jamoa muxlislariga murojaati

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoa muxlislariga ochiq xat bilan murojaat qildi.
«Men «MYu»da ishlash men uchun katta sinov bo‘lishini bilardim. Ammo mavsum bu qadar qiyin o‘tadi deb o‘ylamagan ekanman. Ishonchim komilki, buni siz, muxlislar ham kutmagansiz. Ammo murabbiylar shtabi, futbolchilar va men bu vaziyatni to‘g‘rilashga qat’iy kirishganmiz.
Siz «MYu» mudom g‘alabalarga erishishini ko‘rishga ko‘nikkansiz va mavsum davomida siz tomoningizdan menga hamda futbolchilarga ko‘rsatilayotgan madadning bahosini topish qiyin. Mehmonda o‘tayotgan uchrashuvlar davomida siz hamon dunyoning eng yaxshilaridan ekaningizni isbotlab kelmoqdasiz. «Old Trafford»da esa sizning jamoaga bo‘lgan kuchli ishonchingiz to‘lig‘icha sezilib turadi va hozir bizga bu narsa har qachongidan ham kerakroqdir.
Jamoa g‘alaba qozonayotganda uni qo‘llab, quvvatlash oson. Ammo ishlar yaxshi ketmayotgan vaqtda bu narsa juda qiyin bo‘lib qoladi. Shu sababli siz hozirda namoyish etayotgan olijanoblik juda ajoyib hislatdir.
Hozirda biz o‘tib borayotgan sinovli damlar bizni yanada kuchaytiradi. Men yaqin vaqtlar ichida «Manchester Yunayted» ijrosida buyuk g‘alabalar qo‘lga kiritilishiga mutlaqo shubha qilmayman. Shu vaqtga qadar shunday bo‘lgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi», — deydi Moyes jamoa muxlislariga qilgan murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda «Manchester Yunayted» 45 ochko jamg‘argan va Angliya chempionatida 7-o‘rinda bormoqda.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.