5 mart FIFA kunlari doirasida o‘tkazilgan bir qator uchrashuvlarda «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchilari ham o‘z terma jamoalari tarkibida maydonga tushishdi.
Xaver Ernandes o‘z terma jamoasi tarkibida Meksika — Nigeriya (0-0) uchrashuvning birinchi bo‘limini to‘liq o‘tkazdi va ikkinchi bo‘limda zahira futbolchisiga almashtirildi.
Angliya terma jamoasi tarkibiga chaqirilgan « Yunayted» ning 5 nafar futbolchisidan Runi 60 daqiqagacha to‘p surgan bo‘lsa, Smolling o‘yinda to‘liq xarakat qildi. Uelbek esa zahiradan maydonga tushib 30 daqiqa to‘p surdi. Tom Kleverli va Maykl Kerriklar uchrashuvni zahira o‘rindig‘idan kuzatishdi. Uchrashuv Angliya — Daniya 1-0 hisobida yakunlandi.
Ekvador tarkibida Avstraliya terma jamoasiga qarshi maydonga chiqqan Valensiya uchrashuvda to‘liq xarakat qildi va 2 ta golga assistentlik qildi. Uchrashuv Ekvadorning 4-3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Fransiya – Gollandiya 2-0 terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda fransuzlar tarkibida Patris Evra 45 daqiqa to‘p surgan bo‘lsa, gollandlar tarkibida maydonga tushgan van Persi 90 daqiqa to‘p surdi. Belgiya–Kot-d Ivuar 2-2 uchrashuvida maydonga tushgan Maruan Fellayni birinchi bo‘limni to‘liq o‘tkazdi va 17 daqiqada raqib darvozasini ham ishg‘ol qildi.
Янгиликлар /
«MYu» futbolchilari terma jamoalarda
Мақола нашр қилинди

Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.