Янгиликлар /

Mata jamoada fevral oyining eng yaxshi futbolchisi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» ashaddiy muhlislari tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra Xuan Mata jamoaning fevral oyidagi eng yaxshi o‘yinchisi nomiga sazovar bo‘ldi. Ispaniyalik futbolchi «Old Trafford» ga yanvar oyi so‘ngida qo‘shilgan edi. U umumiy muhlislarning 55% ovoziga ega bo‘ldi va jamoaning ikki himoyachisi — Patris Evra va Nemanya Vidichlarni ortta qoldirdi.«Xayratlanarli, bu maening jamoaga kelib qo‘shilgan dastlabki oyida qo‘lga kiritgan mukofatim bo‘ldi, — deydi Mata jamoaning rasmiy telekanaliga bergan intervyusida. – Men beshta uchrashuvda maydonga tushdim va muhlislardan minnatdorman ular o‘z ovozlarini menga bershiganligidan ».«Men juda hursandman. Manchesterdagi xayot ham yaxshi ketmoqda, men o‘zimga uy topdim va shahar atroflarini o‘rganmoqdaman. Haqiqatdan bu yerda yashash yaxshi. Tinch, xotirjam va futbol vaqtidagina ko‘chalar gavjum».Jamoa tarafidan tashkil etilgan an’anaga ko‘ra jamoadagi oyning eng yaxshi futbolchisi Xuan Mata 500 funt mablag‘ni xayriya maqsadida sarflash xuquqiga ega bo‘ladi.>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.