Янгиликлар /

«MYu» yangi tibbiy markaz ochdi

Мақола нашр қилинди

«Manchester Yunayted» va «Toshiba Medikal Sistems» kompaniyasi bilan hamkorlikda Aon mashg‘ulotlar kompleksi xududida ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz ochishdi. Jamoa «Toshiba Medikal Sistems» bilan 2012 yil oktyabr oyida o‘zaro hamkorlik shartnomasini imzolagan edi, loyihaga ko‘ra Aon mashg‘ulotlar kompleksi xududida so‘ngi diagnostika qurilmalari va futbolchilar jismoniy holatini doimiy nazorat qilib turadigan ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz tashkil qilinishi ko‘zda tutilgan edi. Shunday qilib, ixtisoslashtirilgan tibbiy markaz yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan holda ishga tushirildi. Uning ochilish marosimida jamoa a’zolari va «Toshiba Medikal Sistems» kompaniyasi vakillari ishtirok etishdi. Markaz xaqida jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «Markaz to‘liq ishga tushganidan men juda xursandman. Endilikda biz futbolchilarning jismoniy holatlari yuzasidan yanada aniqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz. Markaz bizlarga uzoq muddat faoliyat ko‘rsatishiga ishonchim komil».>
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.