«Manchester Yunayted» Angliya premer-ligasining joriy mavsumida o‘ta muvaffaqiyatsiz ishtirok etib, bir qator salbiy rekordlarni qayd etmoqda. Jumladan, kecha jamoa «Liverpul»ga o‘z maydonida imkoniyatni boy berib, uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatlar sonini 5 taga yetkazib qo‘ydi.Shu tariqa, «qizil iblislar»ning «Old Trafford»da ochkosiz qolishi APLning oxirgi uch mavsumidagi shunday natijalarga teng bo‘ldi. Ya’ni, so‘nggi uch mavsumni qo‘shib hisoblaganda manchesterliklar o‘z maydonlaridagi 5ta o‘yinni boy berishgandi xolos.O‘yindan so‘ng «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Devid Moyes jamoada ishlash oson emasligini ta’kidladi.«Biz juda yomon o‘ynadik. «Liverpul» g‘alabaga munosob edi. Bunaqa o‘ynash kerak emas. Ko‘proq hujum qilishimiz zarur. Men «MYu» murabbiyi bo‘lish bu darajada qiyin deb o‘ylamagan edim»,- deydi murabbiy.Moyes «Old Trafford» da jamoani qo‘llab quvatlagan muhlislarga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tdi.
«Muhlislar bizni fantastik darajada qo‘llab quvatlashdi. «Olimpiakos»ga qarshi bahsda ham shunday muhlislaik qilishadigan bo‘lsa biz albatta keyingi bosqichga yo‘l olamiz».
Янгиликлар /
Moyes: Biz juda yomon o‘ynadik
Мақола нашр қилинди
Бошқа янгиликлар
Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.