Янгиликлар /

Moyes: Vaziyatning qiyinligini bilib turibmiz

Мақола нашр қилинди

«MYu» jamoasi bosh murabbiyi Devid Moyes Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Olimpiakos»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.«Mening futbolchilarim hammasini yaxshi tomonga o‘zgartirishga qodirlar. Biz muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz. Ular bizni «Liverpul» ga qarshi o‘yinda ajoyib tarzda qo‘llab-quvvatlashdi, ammo biz ularning ishonchini oqlay olmadik».«Vaziyatning qiyinligini bilib turibmiz. Biz ikki to‘p farqini tezroq yo‘qotishga harakat qilamiz. Agar Chempionlar ligasida qolmoqchi bo‘lsak, kuchli o‘yin namoyish qilishimiz kerak», — deydi Moyes.
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.