Янгиликлар /

Runi: Bizning muhlislarimiz tengsiz

Мақола нашр қилинди

Ueyn Runi va Rayan Giggz «Olimpiakos» jamoasiga qarshi uchrashuvda erishilgan g‘alabadan so‘ng jamoa muhlislariga o‘z minntdorchiliklarini bildirib o‘tdi.«Biz g‘alabaga bo‘lgan ishtiyoqimizni namoyish qila odik, — deydi Runi Sky Sports nashriga bergan intervyusida».«Bizning muhlislarimiz tengsiz, ular bizdan chiroyli o‘yinga va chiroyli natijaga loyiq tarzda bizni olqishlashdi».
«Bu g‘alaba bizga mavsum yakunini yaxshi natijalar bilan yakunlab olishimizga yordam beradi degan umiddaman».Shuningdek Rayan Giggz ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi: «Jamoa kuchli bosim ostida edi, ayniqsa «Liverpul»ga uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng. Biz yomon o‘yin ko‘rsatgan edik va natija ham shunga yarasha bo‘lgan edi. Shunga qaramay «Olimpiakos» jamoasiga qarshi uchrashuvda bizni ajoyib darajada qo‘llab quvvatlagan muhlislardan minnatdormiz».«Endi biz o‘zimizga berilgan imkoniyatdan foydalanish uchun yanada chiroyli o‘yin namoyish qilishimiz lozimdir».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.