Янгиликлар /

Ernandes: Men barchasini yengib o‘taman

Мақола нашр қилинди

«Nyukasl» ga qarshi uchrashuvda maydonga tushgan xujumchi Xaver Ernandes 2013 yil 28 dekabrdan buyon birinchi bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu xaqida futbolchi quydagilarni aytib o‘tdi.«Bu mavsum men uchun juda og‘ir kechmoqda, lekin men chidam va sabr bardosh bilan barchasini yengib o‘tib maydonda o‘zimni ko‘rsatishga xarakat qilaman, — deydi Chicharito jamoa rasmiy saytiga bergan intervyusida. — Hozirda mening hisobimda 9 ta gol bor, shunday ekan tirishqoqlik bilan mehnat qilishda davom etaman ».«So‘ngi uchrashuvda 90 daqiqa xarakat qilganimdan juda xursand bo‘ldim. Asosiy tarkibda maydonga tushganimga ham ancha vaqt bo‘lgan edi. O‘ylashimcha JCh-2014 gacha menda o‘yin amaliyoti to‘liq bo‘ladi. Maydonda 90 daqiqa yoki 1 daqiqami, muhimi jamoaga ushbu mavsumda yordam bera olsam bo‘lgani».
Бошқа янгиликлар
Изоҳ

    Сиз авторизациядан ўтмагансиз. Шарҳ қўшиш учун сайтга киринг.